Maktab bitiruvchilari

Rajabov Umidjon 42-Xalqaro fan olimpiadasi bronza medali sohibi.

   1998 yil 1 sentyabrda Umidjon tanlov asosida 1 – Davlat ixtisoslashgan maktab internatiga qabul qilindi.

Maktab-internatda u matematika fanidan Baxtiyor Abdiyevdan saboq ola boshlaydi.

1999-2000 o’quv yilida tuman, 2000-2001o’quv yillarida esa viloyat bosqichi olimpiadalarida ishtirok etib, faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritadi.

Matematika fanidan respublika olimpiadasida qatnashib, faxrli o’rinlardan birini egallaydi.

Umidjonning hayotida 2002-yilda unutilmas voqea sodir bo’ldi. Iyul oyida matematika fanidan AQShda o’tkazilgan 42-Xalqaro matematiklar olimpiadasida ishtirok etib, bronza medali sohibi bo’lib, Toshkent diplomatiya institutiga imtiyozli ravishda qabu qilindi.

Shundan so’ng Koreya universitetida magistratura yo’nalishi bo’yicha tahsil oldi.

Rajabov Umid

Rajabov Umid

 

Abdiyev Bahriddin 48-Xalqaro fan olimpiadasi bzonza medali sohibi.

U 2006 yili Moskvada bo’lib o’tgan olimpiadada qatnashib, matematika fanidan 4-o’rinni egalladi. Shundan so’ng Bahriddin bor kuch-g’ayrati bilan tayyorlana boshladi. U uchun 2007-yil quvonchli bo’ldi.Shu yilning 16-28 iyul kunlari Vetnamning Xanoy shahrida matematika fanidan o’tkazilgan 48-Xalqaro matematiklar olimpiadasida ishtirok etib, bronza medali sohibi bo’ldi. Toshkent diplomatiya institutiga imtiyozli ravishda o’qishga qabul qilindi.

Bahriddin

Abdiev Bahriddin

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *