Maktab haqida

O’zbekiston xalq ta’limi vazirligining “Yangi turdagi o’quv muassasalarini tashkil etish” to’g’risidagi qaroriga asosan Kitob tumani Hokimligining 1995-yil aprel X-160/4 raqamli qarori bilan Kitob tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli tabiiy fanlar va ingliz tili chuqur o’rganiladigan ekologik litsey-internat maktabini tumandagi K.Marks nomli maktabda tashkil etilishi qayd qilindi.

Kitob tumani hokimligi yuqoridagi qaroriga o’zgartirish kiritib “ 1995-yil 22-iyul X-364/7 “ qarori bilan litsey-internat maktabini tumandagi Y.X.Hojib nomli maktabda tashkil etish haqida qaror qabul qildi.

Litsey-internat maktab direktori N.Xoliqov, ilmiy bo’lim mudiri H.Hamdamovlar tayinlandi.

1995 yil 15 avgustda litsey-internat maktabi (keyinchalik Davlat ixtisoslashtirilgan maktab inernati nomi berildi) Kitob tumani S.Rahimov mahallasining S.Rahimov ko’chasida joylashgan Y.X.Hojib nomli o’rta maktab binosining qavatida tashkil etilib, unda asosan 2 bino (2 qavatli), 17ta kata va 7 ta kichik xonalar,oshxona,medpunkt va sport zali mavjud edi.

1995 yil 1 sentyabrda DIMI ning ochilish marosimi bo’lib,unda tuman hokimi o’rtoq O.D.Parmonov ishtirok etib, iqtidorli o’quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ular oldida turgan vazifalar haqida ma’ruza qildi.

DIMI o’z faoliyatini 5 yo’nalish bo’yicha 116 nafar o’quvchi va 16 nafar o’qituvchilar bilan boshladi.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *